Valyuta kurslari 05/12/2024
$1 – 12813.04
UZS – -0,1%
€1 – 13457.54
UZS – -0,27%
₽1 – 122.60
UZS – 1,34%
Qidirish
O‘zbekiston 03/12/2024 O‘zbekiston delegatsiyasi O‘EHT TIV Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi O‘EHT TIV Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-dekabr kuni Eronning Mashhad shahrida Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (O‘EHT)ga a’zo davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov rahbarlik qildi.

Uchrashuv davomida delegatsiya rahbarlari 2025-yilda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan O‘EHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, tashkilot doirasida hamkorlikni mustahkamlash yo‘llari bo‘yicha fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida Mashhad kommyunikesi qabul qilindi.

2025-yilning 1-yanvaridan boshlab, O‘EHTga raislik bir yil muddatga Erondan Qozog‘istonga o‘tadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling