Valyuta kurslari 21/04/2025
$1 – 12938.20
UZS – -0,2%
€1 – 14710.73
UZS – -0,23%
₽1 – 159.51
UZS – 0,78%
Qidirish
Iqtisod 29/01/2025 O‘zbekiston delegatsiyasi "Mega Leather Show-2025" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi "Mega Leather Show-2025" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Pokiston Islom Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Lahor shahrida o‘tkazilayotgan "Mega Leather Show-2025" xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Pokiston charm-poyabzal sanoatining yutuqlari bilan tanishdi. Qo‘y va buzoq terilariga qayta ishlov berishning zamonaviy texnologiyalari o‘rganilib, tayyor mahsulotlarning keng assortimenti namoyish etildi.

Asosiy tadbirlardan biri Pokistonning charm sanoatida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalari vakillari ishtirokidagi davra suhbati bo‘ldi.

O‘zbekiston tomoni ushbu sohadagi investitsion salohiyati haqida ma’lumot taqdim etdi. Xususan, ishlab chiqarish uchun yetarli xomashyo va rivojlangan qayta ishlab chiqarish bazasi mavjudligi, bu esa O‘zbekistonni charm-poyabzal sanoatiga investitsiyalar uchun jozibadorligini, tayyor charm mahsulotlariga talab va davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlarga e’tibor qaratdi.

Uchrashuv yakunida Pokiston kompaniyalarining O‘zbekistonga biznes-tashrifini uyushtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘rgazmada ishtirok etish va o‘tkazilgan muzokaralar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida charm-poyabzal sanoatida hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling