Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
Turizm 15/08/2025 O‘zbekiston bo‘ylab gastronomik sayohatlarni rejalashtirish uchun raqamli yechim

O‘zbekiston bo‘ylab gastronomik sayohatlarni rejalashtirish uchun raqamli yechim

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda turizmning turli yo‘nalishlari, jumladan, gastroturizm kabi istiqbolli soha jadal sur’atda rivojlanmoqda. Yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun “Eaten.uz” onlayn platformasi ishga tushirildi. Platforma hozirda Samarqand shahri va Urgut tumanini qamrab olgan bo‘lib, gastronomik sayohatni rejalashtirish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu yerda siz mahalliy aholi tomonidan tayyorlangan milliy taomlarni tatib ko‘rish, ularni tayyorlash jarayonida qatnashish va hatto an’anaviy marosimlarda - oilaviy bayramlardan to to‘ylargacha mehmon sifatida ishtirok etish mumkin bo‘lgan maskanni tanlashingiz mumkin. Bularning barchasi O‘zbekiston bo‘ylab qilingan sayohatni yanada teran va mazmunli qiladi.

Odatiy kafe yoki restoranlarda ovqatlanishdan farqli o‘laroq, bu yerda sayyoh mahalliy turmush tarziga to‘liq sho‘ng‘ishi mumkin: mezbon oila bilan suhbatlashib, qurt yoki palov kabi taomlarni tayyorlashni o‘rganib, oshxonaning hududiy xususiyatlarini kashf etadi.

Platforma joylashuv va afzalliklar bo‘yicha qulay qidiruv, buyurtma berish va to‘lovni - barchasini bir joyda taqdim etadi. Bu turistlarga nafaqat mazali ovqatlanish, balki noyob madaniy tajribaga ega bo‘lish imkonini beradi. 

Platforma asoschisi Xadicha Suyarovaning ta’kidlashicha, “Eaten.uz” sayyohlar uchun mamlakat haqidagi tasavvurni kengaytirish bilan birga, oddiy oilalarni turizm iqtisodiyotiga jalb qilish orqali ularga qo‘shimcha daromad manbalari yaratadi. Platforma O‘zbekistonni uning asosiy boyligi - xalqi, madaniyati va taomlari orqali ochib berishga ko‘maklashadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling