Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
O‘zbekiston 06/02/2025 O‘zbekiston Black Hawk vertolyotlarining bir qismini qaytardi

O‘zbekiston Black Hawk vertolyotlarining bir qismini qaytardi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH Black Hawk vertolyotlarining bir qismini qaytarib oldi. Ushbu texnika afg‘on uchuvchilari tomonidan 2021 yil avgust oyida «Tolibon» harakati hujumlari vaqtida O‘zbekiston hududiga olib kelingan edi. Bu haqda Vashingtondagi O‘zbekiston elchixonasida mamlakat Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 46 ta aviatsiya texnikasi (22 samolyot va 24 vertolyot) bo‘lgan. Ularning katta qismi respublikaga topshirilgan. Biroq Pentagon tomonidan yaroqli deb topilgan yettita Black Hawk vertolyoti AQSHga qaytarilgan.

AQSH Mudofaa vazirligi yordamchisining vazifasini bajaruvchi Devis Florik O‘zbekistonga ko‘p yillik harbiy-texnik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi. U Toshkentning qo‘llab-quvvatlashini xalqaro kontingentning Afg‘onistondagi muvaffaqiyatida hal qiluvchi omil sifatida ta’kidladi. Shuningdek, afg‘on qochqinlarini evakuatsiya qilish va gumanitar konvoylarni tashkil etishda ham O‘zbekistonning hissasi katta bo‘lganini qayd etdi.

O‘zbekistonning AQSH va Kanadadagi elchisi Furqat Sidiqov Toshkent Vashington bilan barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi. U ikki davlat xavfsizlik tizimlari va qurolli kuchlari o‘rtasidagi aloqalarni yuqori baholadi.

2021 yil avgust oyida «Tolibon» hokimiyatni egallagan paytda 500 dan ortiq afg‘on harbiylari AQSH tomonidan berilgan samolyot va vertolyotlarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan edi. Vertolyotlar qaytarilishi AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi yana bir qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling