Valyuta kurslari 30/01/2025
$1 – 12968.34
UZS – -0,05%
€1 – 13492.26
UZS – -0,36%
₽1 – 132.32
UZS – -0,56%
Qidirish
Moliya 27/01/2025 O‘zbekiston banklarida jamg‘arilgan depozitlar hajmi 308,69 trln so‘mga yetdi

O‘zbekiston banklarida jamg‘arilgan depozitlar hajmi 308,69 trln so‘mga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan jamg‘arilgan depozitlar hajmi 308,69 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan jamg‘arilgan depozitlar hajmi 122,42 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, yuridik shaxslar esa 186,27 trln so‘mni depozitlarda joylashtirgan.

Davlat banklari tomonidan jami 154,51 trillion so‘mlik depozitlar to‘plangan. Shundan 101,22 trillion so‘mi yuridik shaxslar, 53,29 trillion so‘mi jismoniy shaxslar depozitlaridir.

Nodavlat banklar tomonidan 154,18 trillion so‘mlik depozitlar jalb qilingan bo‘lib, shundan 85,05 trillion so‘mi yuridik shaxslarning, 69,13 trillion so‘mi jismoniy shaxslarning depozitlaridir.

Banklar orasida jalb etilgan depozitlar hajmi bo‘yicha O‘zmilliybank – 36,84 trln so‘m, Kapitalbank – 36,66 trln so‘m, Ipoteka bank – 25,69 trln so‘m, O‘zsanoatqurilishbank – 20,74 trln so‘m va Agrobank – 19,47 trln so‘m yetakchilik qilmoqda.

Bir yildan oshiq muddatli depozitlar 119,36 trln so‘mni tashkil etdi. Talabgacha bo‘lgan omonatlar hajmi 99,1 trln so‘mga yetdi. 181 kundan 365 kungacha bo‘lgan muddatli depozitlar 46,26 trln so‘mni, 31 kundan 180 kungacha bo‘lgan depozitlar 32,31 trln so‘mni tashkil etdi. 1 kundan 30 kungacha bo‘lgan qisqa muddatli depozitlar hajmi 11,66 trln so‘mdan oshib ketdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling