Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
Moliya 12/08/2025 O‘zbekiston banklari kapitali 125,3 trln so‘mga yetdi, yillik o‘sish — 20%

O‘zbekiston banklari kapitali 125,3 trln so‘mga yetdi, yillik o‘sish — 20%

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarining jami kapitali 125,29 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqdagi maʼlumotlar Markaziy bank hisobotidan olingan.

O‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan bank tizimi kapitali 20 foizga oshgan.

Davlat ulushi mavjud banklar 77,21 trln so‘m kapitalni jamg‘argan bo‘lib, bu umumiy hajmning 62 foizini tashkil qiladi. Xususiy banklar ulushiga esa 48,08 trln so‘m, yoki 38 foiz to‘g‘ri keladi.

Davlat banklari orasida kapital hajmi bo‘yicha yetakchilikni O‘zmilliybank saqlab qolmoqda — 19,33 trln so‘m. Undan keyingi o‘rinlarda Agrobank — 13,71 trln so‘m va O‘zsanoatqurilishbank — 10,81 trln so‘m ko‘rsatkichlari bilan qayd etilgan. Shuningdek, Asakbank (8,06 trln so‘m) va Xalq banki (8,85 trln so‘m) ham salmoqli ko‘rsatkichlarga ega.

Xususiy banklar orasida eng yirik kapital Ipoteka bankda jamlangan — 6,94 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Hamkorbank — 5,97 trln so‘m va Kapitalbank — 5,83 trln so‘m. Ipak yo‘li banki (4,07 trln so‘m) hamda Oriyent Finans banki (3,59 trln so‘m) ham yirik kapitalga ega xususiy banklar qatorida.

Bozor ishtirokchilari ichida eng kichik kapital Yevroosiyo bankda — 109 mlrd so‘m, Poytaxt bankda — 186 mlrd so‘m va Yangi Bankada — 260 mlrd so‘m.

Davlat banklari ichida eng past kapital ko‘rsatkichi Turonbankda — 1,93 trln so‘m, Aloqabankda — 3,80 trln so‘m va Biznesni rivojlantirish bankda — 5,08 trln so‘mni tashkil qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling