Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tailandda davom etayotgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ayollar ishtirokidagi yarim final bahslari yakunlandi. Bugun 9 nafar qizlarimiz ringga ko‘tarildilar va ulardan 7 tasi hal qiluvchi bosqichga chiqdilar. Afsuski, Sabina Boboqulova va Sohiba Ro‘zmetovalarga biroz omad yetishmadi va ular musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo‘ldi.
Ayollar terma jamoamiz qit’a birinchiligining eng ko‘p finalini hal qilgan jamoa bo‘lib turibdilar. Bizdan 7 nafar bokschi finalda ishtirok etadi, keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston 5 va mezbonlardan 4 nafar bokschi oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.
Finalga yo‘l olgan bokschilarimiz bilan tanishing:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Aziza Yaqubova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva