Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan xalqimizning bag‘rikenglik ko‘magi sifatida Afg‘oniston aholisini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, zarur oziq-ovqat hamda dori-darmon vositalari shaklidagi insonparvarlik yuki Afg‘oniston xalqiga yetkazib berildi.
Jami 9 vagondan iborat "Salomatlik" tibbiy-sanitar yordami joriy yil 25-30-dekabr kunlari Afg‘onistonning Balx viloyatida bir guruh aholi malakali shifokorlarimiz tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Mazkur insonparvarlik yordami O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlarining uchrashuvida afg‘on xalqini O‘zbekiston shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatish so‘roviga asosan amalga oshirilmoqda.
Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Transport va Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ mutasaddilari tomonidan yetkazib berildi.