Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Iqtisod 27/12/2024 O'zbekiston-Afg'oniston: Hamkorlik aloqalarining joriy holati muhokama qilindi

O'zbekiston-Afg'oniston: Hamkorlik aloqalarining joriy holati muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan "Yo‘l xarita"sida O‘zbekiston-Afg‘oniston o‘rtasida Qo‘shma komissiyaning yig‘ilishlarini o‘tkazib borish belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston-Afg‘oniston Qo‘shma komissiyasi va uning doirasida quyi qo‘mitalarning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Jamshid Abduzuxurov ham ishtirok etdi.

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi sohasida Afg‘oniston davlati bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Xususan, za’faron, paxta va g‘alla yetishtirish, chorvachilik borasida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Bundan tashqari, Afg‘oniston hududida intensiv bog‘ tashkil etish masalalari, baliqchilik sohasida yo‘lga qo‘yiladigan hamkorlik aloqalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, afg‘onistonlik fermer hamda qishloq xo‘jaligi xodimlarini O‘zbekistonda o‘qitish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar borasida fikrlar hamda takliflar tinglandi. 

Muloqot davomida Afg‘oniston qishloq xo‘jaligida tuproq tahlillarini o‘tkazishda mobil laboratoriyalaridan foydalanish hamda o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik aloqalarining joriy holati ham muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling