O‘zbekiston 34 trln so‘mlik kiyim va aksessuarlar ishlab chiqardi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yilning yanvar–dekabr oylari davomida turli materiallardan, jumladan, charm, to‘qimachilik matolari, trikotaj va tuqilgan mahsulotlardan tayyorlangan kiyim va aksessuarlar ishlab chiqarish hajmi 33,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Bu toifaga barcha turdagi kiyim-kechaklar — erkaklar, ayollar va bolalar uchun mo‘ljallangan yupqa va qishki kiyimlar, shuningdek, ishchi, ofis, kundalik va sport kiyimlari kiradi.
Sanoat sektori barqaror o‘sishni namoyon etmoqda:
2020 yilda ishlab chiqarish hajmi — 10,4 trln so‘m
2021 yil — 13,6 trln so‘m
2022 yil — 17,3 trln so‘m
2023 yilda esa 23,1 trln so‘mga yetgan.