Valyuta kurslari 10/06/2025
$1 – 12712.05
UZS – -0,51%
€1 – 14524.79
UZS – -0,45%
₽1 – 161.10
UZS – -0,27%
Qidirish
Iqtisod 09/06/2025 O‘zbekiston 2025 yil yanvar–aprel oylarida 119 million dollarlik telefon import qildi

O‘zbekiston 2025 yil yanvar–aprel oylarida 119 million dollarlik telefon import qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning yanvar oyidan aprel oyigacha O‘zbekistonga umumiy qiymati 118,9 million dollarga teng bo‘lgan 1,146 million dona mobil telefon olib kirildi. Bu haqda Milliy statistika agentligi maʼlum qildi.

Importning asosiy manbai sifatida Xitoy hamon peshqadamlikni saqlab turibdi — 2025 yilning dastlabki to‘rt oyida Xitoy Xalq Respublikasidan 861,2 mingta telefon olib kirildi. Shu tarzda, yil boshidan mobil qurilmalar importining 75,2 foizi xitoy mahsulotlariga to‘g‘ri keldi.

Eng yirik yetkazib beruvchilar orasida ikkinchi o‘rinni Vyetnam egalladi — yanvar–aprel oylarida 237,6 mingta telefon olib kirildi. To‘rt oylik natijalarga ko‘ra, vyetnam importi ulushi 20,7 foizni tashkil etdi.

Birlashgan Arab Amirliklaridan keladigan yetkazib berish hajmida o‘sish kuzatilmoqda: yanvardan aprelgacha BAAdan 31,1 mingta mobil qurilma olib kirilgan, bu esa umumiy hajmning 2,7 foiziga teng.

Hindistondan esa aprel oyida taxminan 700 dona telefon olib kirildi. Qolgan yetkazib beruvchi davlatlarga keladigan bo‘lsak, 2025 yilning dastlabki to‘rt oyida ular hissasi atigi 800 dona atrofidagi qurilmalarni tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling