O‘zbekiston 2024-yilda 333 trln so‘mdan ortiq xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilishda sezilarli yutuqlarga erishdi, deb xabar beradi Statistika agentligi.
Asosiy kapitalga yo‘naltirilgan mablag‘larning umumiy hajmi 333,8 trln so‘mni tashkil etdi.
Ushbu summa tarkibida:
150,5 trln so‘m — to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar,
159,6 trln so‘m — boshqa xorijiy investitsiyalar va kreditlar,
23,6 trln so‘m — davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar.
Ushbu ma’lumotlar mamlakatdagi investitsion muhitning jozibadorligini va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini tasdiqlaydi.