Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilning yanvar-dekabr oylari davomida O‘zbekiston 33 ming tonna olxo‘ri eksport qilib, bundan 26,5 million dollar daromad olgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlariga tayanilgan holda xabar qilindi.
O‘zbek olxo‘risining asosiy importyorlari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga 20 712 tonna olxo‘ri yuborilgan bo‘lib, bu uning eng yirik eksport bozoriga aylanganini ko‘rsatadi.
Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston joylashgan bo‘lib, u yerga 10 623 tonna olxo‘ri eksport qilingan. Qirg‘izistonga 1 486 tonna, Belarusga esa 176,6 tonna olxo‘ri yetkazib berilgan.
Qolgan 25,1 tonna olxo‘ri boshqa davlatlarga eksport qilingan.