O‘zbekiston 17 897 tonna sholg‘om eksport qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilda O‘zbekiston 17 897 tonna sholg‘om eksport qildi va bundan $4,6 mln miqdorida daromad oldi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston sholg‘omining asosiy xaridorlari quyidagi davlatlar bo‘ldi:
Qozog‘iston — 9 356 tonna
Qirg‘iz Respublikasi — 4 651 tonna
Rossiya — 3 519 tonna
Bundan tashqari, Belarus 340 tonna sholg‘om sotib olgan bo‘lsa, qolgan 31 tonna mahsulot boshqa davlatlarga eksport qilindi.