O‘zbekiston 158,5 mln dollarlik loviya eksport qilgan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 158,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 39 022 tonna loviya eksport qilgan.
O‘zbekiston 2025 yilning 5 oyida eng ko‘p loviya eksport qilgan davlatlar:
Pokiston – 13 122 tonna
Afg‘oniston – 10 806 tonna
Eron – 8 131 tonna
Gruziya – 2 715 tonna
Turkiya – 1 149 tonna
Boshqa davlatlar – 3 099 tonnani tashkil etgan.