Valyuta kurslari 21/05/2025
$1 – 12892.91
UZS – 0,27%
€1 – 14512.26
UZS – 0,05%
₽1 – 160.34
UZS – 0,39%
Qidirish
Iqtisod 21/05/2025 “O‘zavtosanoat” AJ va Uzauto Motors Powertrain O‘zbekiston texnologik metallar zavodi bilan memorandum imzoladi

“O‘zavtosanoat” AJ va Uzauto Motors Powertrain O‘zbekiston texnologik metallar zavodi bilan memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston texnologik metallar kombinatida “O’zavtosanoat” AJ va “Uzauto Motors Powertrain” AJ vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida TMK va Uzauto Motors Powertrain o‘rtasida kukun metallurgiyasi asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlardan avtomobil sanoatida foydalanish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mahalliylashtirish maqsadida hamkorlik va anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida kukun metallurgiyasi asosida avtomobil sanoatiga mos mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish, xalqaro sertifikatlarni olish kabi bir qator yo'nalishlarda hamkorlik qilishga kelishildi.

Ushbu memorandum O‘zbekiston sanoatini texnologik modernizatsiyalash, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish hamda global ta’minot zanjiriga integratsiyalashish yo‘lida xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling