Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zaviatsiya" agentligi direktori Tohir Nazarov Mongoliyaning O‘zbekistondagi elchisi Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasida aviatsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Tomonlar havo qatnovini kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqib, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashning ahamiyatini ta’kidlashdi.
Ta’kidlanishicha, transport infratuzilmasini rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Mongoliya o‘rtasidagi reyslar sonini ko‘paytirish iqtisodiy va madaniy almashinuv uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Uchrashuv yakunida aviatsiya sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbuslar ustida birgalikda ishlashni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.