Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Texnologiyalar 11/06/2025 “O‘zatom” va Assystem Toshkentda qo‘shma korxona tuzadi

“O‘zatom” va Assystem Toshkentda qo‘shma korxona tuzadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“O‘zatom”) va Fransiyaning injeneriya kompaniyasi Assystem qo‘shma korxona tuzishni nazarda tutuvchi anglashuv memorandumini imzoladilar.

Hujjat agentlik bosh direktori Azim Axmedxojayev va Assystem kompaniyasining xalqaro loyihalar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Kristian Janno o‘rtasida bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuv chog‘ida imzolandi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik istiqbollarini muhokama qildilar. Mazkur sheriklik O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish hamda ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etishga qaratilgan.

Rejalashtirilayotgan qo‘shma korxona quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

atom elektr stansiyasi qurilishiga texnik hamrohlik qilish,

muhandislik yechimlarini tanlashda ekspertlar yordamini ko‘rsatish,

yechimlarni umumiy loyiha konsepsiyasiga integratsiya qilish,

fuqarolik yadroviy dasturini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

Maʼlumot uchun:

Assystem — Parijda joylashgan mustaqil xalqaro muhandislik guruhi bo‘lib, asosan yadroviy energetika sohasidagi murakkab sanoat obyektlarini loyihalash, qurish, nazorat qilish va ishga tushirish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya yadroviy infratuzilmani yaratish bo‘yicha jahondagi asosiy loyihalarda qatnashib kelmoqda.

Assystem dunyodagi atom sohasida faoliyat yurituvchi yirik mustaqil muhandislik kompaniyalari orasida uchinchi o‘rinni egallab, butun dunyoda energetika loyihalarini amalga oshirishda ishonchli hamkor sifatida o‘zini namoyon etgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling