Valyuta kurslari 17/09/2024
$1 – 12729.48
UZS – -0,16%
€1 – 14156.45
UZS – 0,1%
₽1 – 139.72
UZS – -0,38%
Qidirish
Sport 08/09/2024 Oybek Kasimov OOK Etika qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

Oybek Kasimov OOK Etika qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Nyu-Deli mezbonlik qilayotgan Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 44-Bosh Assambleyasida tashkilotning tarkibiy qismlariga ham saylovlar o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan edik. Unga ko‘ra, O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov OOKning Etika qo‘mitasi a’zoligiga saylandi. 

Qayd etish joiz, mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos bo‘lgan Oybek Omilovich avval ham ushbu sohada samarali mehnat qilgan.

Xususan, bir vaqtda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Yuridik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O.Kasimov endilikda osiyolik atletlar, yirik sport tadbirlariga mezbonlik qiladigan shaharlarning haq-huqularini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida ham o‘z bilimlarini ishga soladi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling