Valyuta kurslari 29/04/2025
$1 – 12948.10
UZS – -0,07%
€1 – 14696.09
UZS – -0,04%
₽1 – 156.93
UZS – 0,24%
Qidirish
O‘zbekiston 18/02/2025 OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:

o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;

oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan taʼminlashga ko‘maklashish.

Bunda:

salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy maʼlumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy taʼlim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;

individual kasbiy taʼlim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling