Valyuta kurslari 23/04/2025
$1 – 12878.96
UZS – -0,24%
€1 – 14801.79
UZS – -0,71%
₽1 – 158.39
UZS – -0,85%
Qidirish
Iqtisod 23/04/2025 OTB va Oʻzbekiston CAREC 2030 transport strategiyasini ishlab chiqishni muhokama qildi

OTB va Oʻzbekiston CAREC 2030 transport strategiyasini ishlab chiqishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida OTB missiyasi bilan CAREC 2030 transport strategiyasini oraliq baholash bo‘yicha maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Missiyaga OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya boshchilik qildi.

OTB CAREC Transport strategiyasi 2019-yil oktabrda Dastur ishtirokchi-davlatlarining Toshkent vazirlar konferensiyasida qabul qilingan.

Yig‘ilishda Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Toshshahartransxizmat” AJ, “O‘zbekiston aeroportlari” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, loyihani amalga oshirish bo‘yicha guruh rahbarlari va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

2025-2026 yillarga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, jumladan, mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro savdo va logistika sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, atmosferaga zararli chiqindilar chiqarilishini kamaytirish, normativ-huquqiy bazani uyg‘unlashtirish va unifikatsiya qilish, transport yo‘laklari va logistika markazlarini xalqaro yetkazib berish zanjiriga integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha savdo, transport va logistika sohalaridagi hamda OTB ishtirokidagi loyihalar samaradorligini yanada oshirish, yangi tashqi savdo yo‘nalishlarini rivojlantirish, o‘rta bo‘g‘in boshqaruvi kadrlarini tayyorlashni tashkil etish, yuqorida qayd etilgan sohalarda ilg‘or va yuqori texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling