Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
O‘zbekiston 06/02/2025 Ota-ona qaramog'isiz qolgan ikki nafar bola Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga olib kelindi

Ota-ona qaramog'isiz qolgan ikki nafar bola Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga olib kelindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun tonggi vaqtda Toshkent aeroportiga murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan ikki nafar voyaga yetmagan fuqaro yetib kelindi. Ular ota-onalarining deportatsiya qilinishi natijasida Moskvada qarovsiz qolgan 3 yoshli qizaloq va 15 yoshli o‘g‘il boladir.

Bolalarga Moskvadagi "Altufyevo" voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish markazi xodimlari hamrohlik qildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalar va ularning oilalariga hayotga moslashish va barqarorlikni tiklash uchun barcha zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qaytarish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling