Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda 12 ta yangi loyihani moliyalashtirishga tayyor
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi.
Suhbat davomida OTB portfeli doirasidagi joriy va istiqbolli loyihalarni (umumiy qiymati 9,5 mlrd dollar boʻlgan 60 ta loyiha) amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
OTB ta'lim, suv ta'minoti, transport va xususiy sektorni to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtirish kabi sohalarda 12 ta yangi loyihani moliyalashtirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston hukumati va OTB oʻrtasida 2026–2028 yillarga moʻljallangan Oʻzaro anglashuv memorandumi ham kelishib olindi. Hujjatda jami 4,2 milliard dollarlik 28 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.