Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tailandda ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati yakunlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakilalari 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Terma jamoaga oltin medallarni Farzona Fozilova, Feruza Kazakova va Navbaxor Hamidova taqdim etdi.
O‘zbekistonlik sportchi qizlarning final janglari natijalari:
48 kg: Farzona Fozilova Vetnam vakili Linx Chi Ngoni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
52 kg: Feruza Kazakova Ukraina vakili Svetlana Umanskayani 5:0 hisobida yengdi.
54 kg: Aziza Yakubova Tailand vakili Natniche Chongprongklangga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
57 kg: Nigina O‘ktamova Tailand vakili Punrava Ruyenrosga 0:5 hisobida yutqazdi.
66 kg: Navbaxor Hamidova Xitoy vakili Xuiping Yuanni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
75 kg: Aziza Zokirova Xitoy vakili Lina Vangga 0:5 hisobida yutqazdi.
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva Qozog‘iston vakili Yeldana Talipovaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-66 kg: Navbahor Hamidova
Kumush medal:
-54 kg: Aziza Yakubova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Bronza medal:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova
Ertaga erkaklar o‘rtasidagi final bahslari bo‘lib o‘tadi.