Orol dengizi tubi ko‘tarilmoqda: Olimlar geodinamik o‘zgarishlarni qayd etishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoylik va amerikalik geologlar Yer qobig‘i va mantiyasining harakati tufayli qurib borayotgan Orol dengizi tubining muntazam ravishda ko‘tarilib borayotganini aniqlashdi.
O‘tgan 80 yil ichida Orol dengizi 1,1 mlrd tonna suvni yo‘qotdi. Bu yo‘qotish shunchalik katta ediki, yer qobig‘i "qisilgan prujina qo‘yib yuborilgandek" ko‘tarila boshladi.
Dastlab, yer qatlami juda oz miqdorda ko‘tarilishi taxmin qilingan. Biroq, yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, suv bug‘langanidan keyin o‘n yillar o‘tsa ham, yer hamon yiliga 7 mm tezlikda ko‘tarilishda davom etmoqda.
Ushbu kashfiyot suv havzalarini quritish va gidrotexnik inshootlar qurish kabi antropogen o‘zgarishlar nafaqat ekotizimlarga, balki chuqur geodinamik jarayonlarga ham taʼsir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, inson faoliyati Yer mantiyasida deformatsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin ekan, bu esa ilgari ehtimoldan yiroq deb qaralgan edi.