Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
Dunyo 25/12/2024 Oqtouda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining samolyoti halokatga uchradi

Oqtouda Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining samolyoti halokatga uchradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozog‘istonning Oqtou shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot halokatga uchradi.

Embraer E190 samolyoti "Boku-Grozniy" yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan edi.Havo sharoiti nomutanosib bo‘lgani sababli, samarali qo‘nish uchun samolyot avval Mahachqolaga, so‘ngra Oqtouga yo‘naltirilgan.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa joyiga 52 qutqaruvchi va 11 ta texnika yetkazilgan. U yerda samolyot yong‘ini aniqlandi va yong‘inni bartaraf etish ishlari boshlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatdan tirik qolganlar bor.

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarovaning ma’lum qilishicha, olti kishi o‘ta og‘ir ahvolda. Keyinroq 12 kishi, jumladan, bir bola turli xil jarohatlar bilan Mangistau viloyati kasalxonasiga yetkazilgani ma’lum qilindi.

Hodisa vaqtida samolyotda 62 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa joyida 14 ta tez tibbiy yordam jamoasi ish olib bormoqda.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Azerbaijan Airlines samolyoti halokatida 25 kishi qutqarilgan, ulardan 22 nafari tibbiy yordam uchun kasalxonaga olib borilgan.

Hodisa sabablari va tafsilotlari o‘rganilmoqda. Qozog‘iston Transport vazirligining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, bortda 37 nafar Ozarbayjon fuqarosi, 6 nafar Qozog‘iston fuqarosi, 3 nafar Qirg‘iziston fuqarosi va 16 nafar Rossiya fuqarosi bo‘lgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling