Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Texnologiyalar 20/04/2025 Ookla: O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha oxirgi 4 yilda 65 pog‘onaga yuqorilagan

Ookla: O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha oxirgi 4 yilda 65 pog‘onaga yuqorilagan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahonning nufuzli “Speedtest Global Index” reytingiga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi yanada yaxshilanib bormoqda.

O‘zbekistonda internet infratuzilmasini rivojlantirish, uning qamrovini kengaytirish va foydalanuvchilar uchun yuqori sifatli xizmatlarni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Bu dinamika mamlakatning raqamli iqtisodiyotga o‘tishdagi ildam qadamlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Speedtest Global Index natijalariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekiston 133-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2025-yil yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat ushbu reytingda 68-o‘ringa ko‘tarilgan. Shu tariqa O‘zbekiston 2020-yildan beri 65 pog‘onaga yuqorilagan.

“Ookla” – global internet tezligini o‘lchash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan yetakchi tashkilot bo‘lib, 2006-yilda tashkil etilgan. U Speedtest platformasi orqali butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga internet tezligini tekshirish imkoniyatini beradi. Tashkilot har oy “Speedtest Global Index” reytingini yangilab, dunyodagi mobil va simli internet tezliklarini taqqoslab boradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling