Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 22/11/2024 O‘n ikki kompaniya "Umra" tadbirlarini tashkil etish uchun litsenziya oldi

O‘n ikki kompaniya "Umra" tadbirlarini tashkil etish uchun litsenziya oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  O‘zbekistonda 12 ta kompaniya "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun litsenziyalarga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Individual litsenziyalarni taqdim etish bo‘yicha Tanlov komissiyasi qaroriga ko‘ra, tanlov g‘oliblari quyidagi nomzodlar bo‘ldi:

1. “Ihlos travel 1” MChJ; (Andijon viloyati, Andijon shahar, O’zbegim MFY, Bobur shox ko’chasi 40v-uy) 

2. “Yuksak travel Air” XK; (Farg’ona viloyati, Marg’ilon shahar, B.Marg’iloniy ko’chasi 3b-uy) 

3. “Muhtasham travel” MChJ; (Namangan viloyati, Namangan sh, Shodlik MFY, A.Navoiy ko’chasi 2/1-uy, 3s-xonadon)

4. “Musaffo turizm xizmati” MChJ; (Namangan viloyati, Namangan shahar, Bobur mavzesi 10,4-uy)

5. “Risola travel lux” MChJ; (Namangan viloyati, Namangan shahar, Uychi ko’chasi 1-uy)

6. “Xorazm umra jamiyati” MChJ (Xorazm viloyati, Urganch shahar, P.Mahmud ko’chasi 350-uy) 

7. “Hikmat Umra Travel” MChJ; (Toshkent shahar, Mirobod tumani, A.Temur shox ko’chasi 43-uy, 41-xonadon)

8. “Real Dreams” MChJ; (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 14-berk ko'chasi, 75-uy )

9. “Travel with family” MChJ; (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yo’li 21-uy )

10. “Sofa Marva tour” MChJ; (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo MFY, Kichik halqa yo’li 19-uy)

11. “B2 Management” MChJ; (Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, O’rikzor ko’chasi 124-uy)

12. “Safar time exclusive” MChJ; (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 2-Charx Kamolon MFY, Bunyodkor ko’chasi 2-uy)

Litsenziyada koʼrsatilmagan manzil boʼyicha “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʼtkazish faoliyati bilan shugʼullanish ta’qiqlanadi.

Shunindek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga oid xizmatlarini litsenziyaga ega boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatish taqiqlangan.

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln. soʻm) etib belgilangan. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling