Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
O‘zbekiston 25/12/2024 Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasi uchinchi qism bilan to‘ldirilib, unda ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik uchun alohida javobgarlik choralari belgilanmoqda.

Shu bilan birga, Jinoyat kodeksi 244-moddasining to‘rtinchi qismida ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarlik ko‘zda tutilyapti.

Bundan tashqari, ushbu modda yangi beshinchi qism bilan to‘ldirilib, unda o‘quvdan o‘tgan shaxs o‘z xohishi bilan o‘quvdan o‘tganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan taqdirda, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi yuzasidan aniqlashtiruvchi savollar o‘rtaga tashlandi va qonun tashabbuskorlari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Muhokamalarda ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga, jinoyatlarni profilaktika qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling