Olti oyda 3,5 million o‘zbekistonlik xorijga chiqdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar-iyun oylarida jami 3,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 810 ming nafarga yoki 29,7 % ga oshgan.
Eng ko‘p safarlar qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Qirg‘izistonga 1 527 303 nafar, Qozog‘istonga 664 669 nafar va Tojikistonga 631 660 nafar fuqaro yo‘l olgan.
Shuningdek, Rossiyaga 230 412 nafar va Saudiya Arabistoniga 145 294 nafar fuqaro safar qilgan. Saudiya Arabistoniga safarlar asosan ziyorat maqsadida amalga oshirilgan.
Ommabop turizm yo‘nalishlari orasida Turkiya (102 000 nafar), Birlashgan Arab Amirliklari (72 729), Misr (30 959), Tailand (16 671) va Vyetnam (16 179) ham bor. Shuningdek, boshqa davlatlarga jami 102 622 nafar O‘zbekiston fuqarosi safar qilgan.
#Shavkat Mirziyoyev