Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
O‘zbekiston 18/07/2025 Olmaliqda bola huquqlari buzilishi yuzasidan choralar ko‘rildi

Olmaliqda bola huquqlari buzilishi yuzasidan choralar ko‘rildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 16-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bolaga nisbatan zo‘ravonlik holati bo‘yicha xabar tarqaldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Aniqlanishicha, 2025-yil 17-iyul kuni fuqaro R.M.M. tomonidan "102" raqami orqali murojaat qilingan. U o‘z murojaatida qizi M.O.M. "Neo Kids" nomli xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida kaltaklanganini, bolaning yuzida shish va ko‘karishlar borligini ma’lum qilgan.

Shu kuniyoq ichki ishlar, mahalla, ijtimoiy xodim va ta’lim idoralari vakillaridan iborat maxsus guruh ushbu muassasada o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. Unga ko‘ra, 2025-yil 16-iyul kuni mazkur muassasada tarbiyachi Q.G.M. tomonidan voyaga yetmagan M.O.M.ga tan jarohati yetkazilgani tasdiqlandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, jarayon to‘liq huquqiy tartibda olib borilmoqda.

Ijtimoiy himoya qilish milliy agentligi barcha fuqarolarga murojaat qiladi: bolalarga nisbatan zo‘ravonlik yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlar sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabardor bo‘lsangiz, zudlik bilan huquqni muhofaza qilish organlarining 102 raqamiga yoki yashash joyingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling