Valyuta kurslari 29/05/2025
$1 – 12831.13
UZS – -0,43%
€1 – 14542.80
UZS – -0,56%
₽1 – 161.07
UZS – 0,12%
Qidirish
O‘zbekiston 27/05/2025 Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni so‘nggi 10 yilda 5,4 barobarga oshdi

Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni so‘nggi 10 yilda 5,4 barobarga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025- o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 1 432,8 ming nafarni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2015/2016- o‘quv yiliga nisbatan solishtirilganda 1 168,5 ming nafarga yoki 5,4 barobarga oshgan.

Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:

2015/2016- o‘quv yili boshiga – 264,3 ming nafar;

2016/2017- o‘quv yili boshiga – 268,3 ming nafar;

2017/2018- o‘quv yili boshiga – 297,7 ming nafar;

2018/2019- o‘quv yili boshiga – 360,2 ming nafar;

2019/2020- o‘quv yili boshiga – 441 ming nafar;

2020/2021- o‘quv yili boshiga – 571,5 ming nafar;

2021/2022- o‘quv yili boshiga – 808,4 ming nafar;

2022/2023- o‘quv yili boshiga – 1 042,1 ming nafar;

2023/2024- o‘quv yili boshiga – 1 314,5 ming nafar;

2024/2025- o‘quv yili boshiga – 1 432,8 ming nafar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling