Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
O‘zbekiston 06/12/2024 Oliy Majlis Senatida Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlis Senatida Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 5-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barqaror rivojlanib borayotganini, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida faol hamkorlik amalga oshirilayotganini qayd etdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni bajarishga eʼtibor qaratildi, bu jarayonda parlamentlar muhim o‘rin tutishi taʼkidlandi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishda muhim o‘rin tutadigan parlamentlararo aloqalarni yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar mazkur sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga, ularning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishishga qaratilgan qo‘shma madaniy tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilingani uchrashuvning muhim jihati bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik yana-da mustahkamlanishiga, ikki davlat xalqlari manfaatlari yo‘lida belgilangan rejalar faol amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling