Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi majlisi doirasida Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi N.Kochanova bilan uchrashdi.
Muloqot avvalida N.Kochanova O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlangani hamda T.Narbayevaning Senat Raisi lavozimiga qayta saylangani bilan samimiy tabrikladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Belorus davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarni, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, tomonlar kelasi yili O‘zbekiston delegatsiyasining Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki mamlakat xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillari ishtirokidagi hududlararo forum, shuningdek, O‘zbekiston-Belarus ayollar III biznes-forumi hamda Yoshlar parlamenti qo‘shma yig‘ilishining tashkiliy masalalarini ham muhokama qildi.