Valyuta kurslari 07/04/2025
$1 – 12947.20
UZS – 0,21%
€1 – 14222.50
UZS – -0,21%
₽1 – 153.38
UZS – -0,09%
Qidirish
O‘zbekiston 07/04/2025 Oliy Majlis Senati Raisi Assambleya doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi

Oliy Majlis Senati Raisi Assambleya doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, joriy yilning 6-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi, MDH PA Kengashi Raisi V.Matviyenko bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va parlamentlararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

V. Matviyenko ikki mamlakat parlamentlarining o‘zaro hamkorligi muhimligini taʼkidlab, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Shu kunning o‘zida T. Narbayeva Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi Raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashuv davomida Oliy Majlis Senati hamda Turkiya parlamenti o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildi.

Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar bajarilishida parlament diplomatiyasi imkoniyatlarini kengaytirish zarurligi aytildi.

Shuningdek, tomonlar parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish, turli tashriflar va anjumanlar o‘tkazish orqali ikki mamlakat yuqori palatalar hamkorligini rivojlantirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling