Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
O‘zbekiston 15/12/2024 Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Barqaror rivojlanish bo‘yicha parlament komissiyasining kengaytirilgan majlisida ishtirok etdi

Oliy Majlis Senati delegatsiyasi  Barqaror rivojlanish bo‘yicha parlament komissiyasining kengaytirilgan majlisida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi K. Burxanov  boshchiligidagi Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Ostonada Qozog‘iston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar ijrosini monitoring qilish bo‘yicha parlament komissiyasining “Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirish: parlamentlar va mahalliy vakillik organlarining roli” mavzusida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida ishtirok etdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari aʼzolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, ekspert va mutaxassislarni bir joyga jamlagan tadbirda mintaqa mamlakatlarining barqaror rivojlanishini taʼminlashda parlamentlar va mahalliy vakillik organlarining o‘rni muhokama qilindi.

Majlisda mintaqa mamlakatlarining barqaror taraqqiyotini taʼminlashda parlamentlar va mahalliy vakillik organlarining roli muhokama qilindi. Iqlim o‘zgarishi, suv resurslari taqchilligi, cho‘llanish kabi ekologik xavf-xatarlar, suv va energetika xavfsizligi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zbekistonda Milliy BRM ijrosi, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash va aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha parlament komissiyasining faollik ko‘rsatayotganiga alohida urg‘u berildi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston BRMga erishish yo‘lida katta yutuqlarga erishayotganini ko‘rsatib va mintaqaviy hamda xalqaro darajada hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini tasdiqlab, global ustuvorliklarni milliy kun tartibiga integratsiyalashda namuna bo‘layotganini taʼkidladi.

Majlis doirasida iqlim o‘zgarishi, suv resurslari tanqisligi, cho‘llanish kabi ekologik tahdidlarga, shuningdek, suv va energetika xavfsizligi masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Ishtirokchilar ushbu masalalarni hal etishda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, qonunchilik tajribasini almashish va mahalliy hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish muhimligini taʼkidladi.

Majlis yakunlari bo‘yicha mintaqa mamlakatlarining hamjihatlikda, keng qamrovli va muvozanatli rivojlanishiga erishish uchun parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Joylarda barqaror rivojlanish kun tartibi muvaffaqiyatli amalga oshishi ko‘p jihatdan mahalliy hokimiyat vakillik organlariga bog‘liqligi bois ularning muhim roliga alohida eʼtibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling