Oddiy yo‘lovchi poyezdlaring ham chiptalari narxi 10,5 foizga oshiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1 fevraldan boshlab oddiy (yo'toqli) yo‘lovchi poyezdlari uchun chipta narxlari 10,5% ga oshiriladi, deb xabar beradi "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" kompaniyasi.
Bu qaror yo‘lovchi tashish xarajatlarini qisman qoplash, shuningdek, infratuzilma, elektr energiyasi, yonilg‘i va vagonlar parkini yangilash uchun xarajatlarni qoplash maqsadida qabul qilindi. Shuningdek, vokzallar faoliyatini yaxshilash va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Bundan oldin, tezyurar poyezdlar, jumladan, Afrosiyob (20−25% ga) va "Sharq", "Nasaf", "O‘zbekiston" (30% ga) chiptalari narxining oshishi e’lon qilingan edi.