Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 13/06/2025 “Oʻzkimyosanoat” AJ va “Sinoma EC International Investment Co. Ltd” oʻrtasida kelishuv imzolandi

“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Sinoma EC International Investment Co. Ltd” oʻrtasida kelishuv imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 12-iyun kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalari uchun muqobil elektr energiya bilan taʼminlash va ishlab chiqariladigan tovar mahsulotlarni tannarxini pasaytirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining “Sinoma EC International Investment Co. Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazildi.

Muzokaralar natijasida ikki tomon oʻrtasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi.

“Sinoma EC International Investment Co. Ltd” — 1987-yilda tashkil etilgan, kapitallashuvi 600 milliard AQSh dollari va 2000 nafar ishchiga ega boʻlgan kompaniya. U asosan sanoat korxonalarining chiqindilaridan ishlatilgan issiqlikni qayta ishlash (WHR), shuningdek, biomassa, geotermal va quyosh energiyasiga asoslangan elektr stansiyalari qurish bilan shugʻullanadi.

Kompaniyaning portfelida dunyo boʻylab 1000 dan ortiq loyihalar mavjud.

Mazkur kelishuv “Oʻzbekiston-2030” strategiyasiga muvofiq, sanoatda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling