Valyuta kurslari 25/03/2025
$1 – 12947.07
UZS – 0,05%
€1 – 14033.33
UZS – -0,08%
₽1 – 155.01
UZS – 1,17%
Qidirish
Iqtisod 07/02/2025 O‘zbekistonga 33 378 tonna choy import qilindi

O‘zbekistonga 33 378 tonna choy import qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 12 oyi davomida O‘zbekistonga 33 378 tonna choy import qilindi. Umumiy qiymat 50,6 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Asosiy yetkazib beruvchi mamlakatlar — Xitoy, Keniya, Eron, Hindiston va Rossiya.

2024 yilda O‘zbekistonga eng ko‘p choy yetkazib bergan davlatlar:

Xitoy — 26 806 tonna

Keniya — 1 651 tonna

Eron — 1 271 tonna

Hindiston — 965 tonna

Rossiya — 578 tonna

Boshqa davlatlar — 2 107 tonna

Importning eng katta ulushi Xitoyga to‘g‘ri keldi, bu jami hajmning 80% dan ortig‘ini tashkil etadi. Bu O‘zbekistonda xitoy choyiga bo‘lgan barqaror talab mavjudligini tasdiqlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling