Valyuta kurslari 22/10/2024
$1 – 12805.09
UZS – -0,08%
€1 – 13889.68
UZS – -0,06%
₽1 – 133.10
UZS – -0,08%
Qidirish
Iqtisod 21/10/2024 Oʻzbekistonda yashil qishloq xoʻjaligi boʻyicha milliy seminar

Oʻzbekistonda yashil qishloq xoʻjaligi boʻyicha milliy seminar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda FAOning TCP/RER/3906 “Yevropa va Markaziy Osiyoda yashil qishloq xo‘jaligini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan Yashil qishloq xo‘jaligi bo‘yicha muhim milliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminar butun mintaqada yashil qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarning bir qismi sifatida iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitning yomonlashuvi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Yevropa va Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimlari iqlim o‘zgarishi, o‘rmonlarning kesilishi, ekotizimning buzilishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va geosiyosiy beqarorlik kabi muammolar bilan tobora kuchliroq bosimga duch kelmoqda. Ushbu omillar oziq-ovqat ta’minoti zanjirlarini uzib, oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladi. Shunday qilib, qishloq xo‘jaligi tizimlarini yanada samarali, inklyuziv va barqaror modellarga aylantirish zaruriyati ortib bormoqda. Yashil qishloq xo‘jaligiga o‘tish iqlim o‘zgarishini kamaytirish, hosildorlikni oshirish va uzoq muddatli oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan birga ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy xatarlarni bartaraf etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

FAO 2022-yil may oyida Yashil qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mintaqaviy texnik platformani ishga tushirib, ushbu sa’y-harakatlarga yetakchilik qilmoqda. Mazkur platforma barqaror qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq turli texnik sohalarda bilim almashish va hamkorlikni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Shu asosda 2023-yilda “Yevropa va Markaziy Osiyoda yashil qishloq xo‘jaligini kengaytirish” mintaqaviy loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha yashil qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bilan birga hududiy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan. Loyiha shuningdek, raqamli vositalardan foydalanib, ichki va mintaqalararo hamkorlikni kuchaytiradi.

Mintaqaviy texnik platforma Yevropa va Markaziy Osiyoda barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimlariga o‘tishni qo‘llab-quvvatlovchi ekspert hamjamiyatlari o‘rtasida bilim almashish va hamkorlik qilish uchun markaz bo‘lib xizmat qilmoqda. Ilmiy asoslangan yashil siyosat resurslardan samarali foydalanishni kuchaytirish va siyosatni muvofiqlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Oziq-ovqat xavfsizligi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun barqaror qishloq xoʻjaligi tizimlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Toshkentda boʻlib oʻtgan yashil qishloq xoʻjaligi boʻyicha milliy seminar Oʻzbekistonning yashil iqtisodiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlovchi turli sohalararo yondashuv sifatida yashil qishloq xoʻjaligini tatbiq etishga qaratilgan. Seminarda mamlakatning yashil qishloq xo‘jaligini rivojlantirish salohiyati baholandi va barqaror qishloq xo‘jaligiga o‘tish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi. Seminar davomida Milliy texnik tarmoqni yaratish masalasi ham ko‘tarildi.

Ishtirokchilar seminarda milliy yashil siyosatni ko‘rib chiqib, qo‘shni mamlakatlar tajribasi bilan bo‘lishdilar. Shuningdek, O‘zbekistonda yashil qishloq xo‘jaligini targ‘ib qilish va rivojlantirish uchun Milliy texnik tarmoqni yaratish borasida kelishuvga erishildi. Ushbu tarmoq Yevropa va Markaziy Osiyoda o‘rganilgan saboqlar asosida Mintaqaviy texnik platformaning g‘oyalari va tajribalarini O‘zbekistonda amaliyotga tadbiq etadi.

Seminarda FAO, davlat idoralari, NNTlar, xususiy sektor, oliy ta’lim muassasalari va sanoat tashkilotlari vakillari qatnashdi. Shuningdek, asosiy manfaatdor tomonlar sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar qatnashdilar.

Seminarda quyidagi asosiy mutaxassislar so‘zga chiqdilar:

Tanya Santivanes, FAOning yetakchi texnik mutaxassisi, yashil qishloq xo‘jaligi tamoyillari va uning O‘zbekistondagi agro-oziq-ovqat tizimlari uchun ahamiyatini taqdim etdi.

Suzanne Keresztes, iqlimga chidamli qishloq xo'jaligi amaliyotlari bo'yicha ekspert, mintaqaviy bilim almashish va hamkorlikni rag‘batlantiruvchi raqamli platformani muhokama qildi. Ushbu platforma Yevropa va Markaziy Osiyoda yashil qishloq xoʻjaligini rivojlantirish salohiyatini maksimal darajada oshirishga qaratilgan.

Jahongir Bobojonov, milliy siyosat bo‘yicha ekspert, yashil siyosatni tahlil qilib, O‘zbekistonda yashil qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha strategik yo‘l xaritasini taklif qildi.

Aziz Rasulov, yashil qishloq xo’jaligi bo’yicha ekspert, suv va energiya resurslaridan samarali foydalanish va bu orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo’yicha taqdimot qildi

FAO tomonidan ishga tushirilgan Yashil qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Mintaqaviy texnik platforma barqaror qishloq xo‘jaligi kun tartibini ilgari suruvchi mintaqalararo bilim almashish uchun raqamli markaz bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu platformaning raqamli imkoniyatlaridan foydalanib, FAO mintaqada qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlayotgan tarmoqlarni kengaytirishga hissa qo‘shmoqda. 

Jahongir Bobojonov, loyihaning milliy koordinatori ta’kidlashicha “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitning yomonlashishi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Yashil qishloq xo‘jaligi amaliyotini joriy etish uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu seminar oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik barqarorlikka hissa qo‘shuvchi izchil yashil siyosat, hamkorlik va innovatsion yechimlar zarur”.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling