Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekistonda sovitkich ishlab chiqarish 3,6 barobarga oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yil yanvar-iyun oylarida 91,8 ming dona maishiy sovitkichlar ishlab chiqarilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 66,1 ming donaga yoki 3,6 barobarga oshgan.
Ushbu koʻrsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-iyun):
2023-yil – 47,5 ming dona
2024-yil – 25,7 ming dona
2025-yil – 91,8 ming dona