Valyuta kurslari 01/05/2025
$1 – 12920.16
UZS – -0,1%
€1 – 14681.18
UZS – -0,26%
₽1 – 158.61
UZS – 0,21%
Qidirish
Iqtisod 01/05/2025 Oʻzbekiston va Rossiya oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollargacha oshirish yoʻlini tasdiqladi

Oʻzbekiston va Rossiya oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollargacha oshirish yoʻlini tasdiqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 29-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilab berilgan aniq maqsad – tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollarga etkazishga qaratilgan 2024-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi doirasida kelishilgan loyiha va kelishuvlarni amalga oshirishning bugungi holati muhokama qilindi.

Joriy yilning 3 oyida o‘zaro savdo hajmi 2,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu davrda Rossiya Federatsiyasiga eksport hajmi 18,2 foizga oshgani qayd etildi. O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida 3 mingdan ortiq qo‘shma va to‘liq xorijiy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Tomonlar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Strategik tashabbuslar ekspert markazi muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganini ta’kidladilar. Markaz ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qo‘shimcha imkoniyat va takliflar ishlab chiqishni maqsad qilgan. Uning mutaxassislari bozor kon’yunkturasini tahlil qilish, shuningdek, istiqbolli biznes loyihalar va tashabbuslarni tanlash bilan shug‘ullanadi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirishning barcha yo‘nalishlarida ishlarni davom ettirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling