Valyuta kurslari 16/05/2025
$1 – 12965.34
UZS – -0,11%
€1 – 14525.07
UZS – -0,56%
₽1 – 161.34
UZS – -0,18%
Qidirish
O‘zbekiston 16/05/2025 Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikalarining Energetika hamda Suv xoʻjaliklari vazirlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiz Respublikalarining Energetika hamda Suv xoʻjaliklari vazirlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 14-may kuni Energetika vazirligida Oʻzbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vaziri Sh.Xamrayev, Qozogʻiston Energetika vaziri Y.Akkenjenov, Qozogʻiston Suv xoʻjaligi va irrigatsiya vaziri N.Nurjigitov, Qirgʻiz Respublikasi Energetika vaziri T.Ibrayev hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda mamlakatlar suv-energetika tizimining yoz mavsumida ham barqaror ishlashini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi.

Mazkur tadbirda tomonlar oʻrtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, “Qambarota GES-1” qurilishi loyihasining hozirgi holati va suv-energetika balansini muvofiqlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi hamda yaqin kunlarda kelgusi tadbirlarni muvofiqlashtirilgan tarzda o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling