Valyuta kurslari 03/07/2025
$1 – 12591.71
UZS – -0,67%
€1 – 14821.70
UZS – -1,03%
₽1 – 160.18
UZS – -0,85%
Qidirish
O‘zbekiston 02/07/2025 O‘zbekiston IIV: inspektor qurollangan qonunbuzarni qurolsizlantirish paytida halok bo‘ldi

O‘zbekiston IIV: inspektor qurollangan qonunbuzarni qurolsizlantirish paytida halok bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston ichki ishlar organlari xodimi xizmat burchini bajarayotgan paytda halok bo‘ldi, deb xabar berdi IIV matbuot kotibi Shuhrat G‘iyosov.

Fojia 2025 yil 1 iyul kuni soat 20:50 atrofida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” mahallasda sodir bo‘ldi. Profilaktika inspektori, katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev oilaviy janjal haqidagi chaqiriq bo‘yicha voqea joyiga yetib borgan.

IIV maʼlumotiga ko‘ra, voqea joyida 64 yoshli Yunusali Xolbozorov mast holda yaqinlariga xo‘jalik pichog‘i bilan tahdid qilgan. Unga nisbatan chora ko‘rish paytida u inspektorning ko‘kragiga pichoq bilan zarba bergan.

Qonunni muhofaza qiluvchi xodim olgan jarohati natijasida shifoxonaga olib ketilayotgan paytda vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi (hizmat vazifasini bajarayotgan shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holbozorov jinoyat sodir etilgandan so‘ng voqea joyidan qochib ketgan. Hozirda uni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan Xolbozorovning joylashuvi haqida qanday bo‘lmasin maʼlumotga ega bo‘lsalar, 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishlarini so‘ramoqda. Maʼlumot beruvchilarning shaxsi maxfiy saqlanishi kafolatlanadi.

IIV halok bo‘lgan inspektorning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi hamda katta leytenant Abduvaliyev o‘z xizmat burchini bajarishda mardlik va jasurlik namoyon etganini alohida taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling