Valyuta kurslari 25/04/2025
$1 – 12927.17
UZS – 0,29%
€1 – 14717.58
UZS – -0,02%
₽1 – 155.73
UZS – -0,2%
Qidirish
Texnologiyalar 25/04/2025 Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyda issiqlik almashtirgich ishlab chiqarish va atom energetikasi loyihalarini muhokama qilmoqda

Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyda issiqlik almashtirgich ishlab chiqarish va atom energetikasi loyihalarini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi delegatsiyasi, direktor Azim Axmedxadjayev boshchiligidagi Xitoyga ishchi tashrifining ikkinchi kunida Usin (Wu Qing) provinsiyasidagi "MVM EGI" kompaniyasining ishlab chiqarish maydoniga tashrif buyurdi va Xitoyning eng yirik energiya jihozlari ishlab chiqaruvchisi "Harbin Electric Corporation" bilan uchrashuv o'tkazdi.

"MVM EGI" zavodiga tashrif chog‘ida delegatsiya, quruq sovutish tizimlari uchun issiqlik almashinuvchi moslamalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, issiqlik almashinuvchi jihozlar ishlab chiqarishning to‘liq sikli — issiqlik o‘tkazuvchi yuzalarni shtamplovidan tortib, jo‘natish oldidan pnevmatik sinovlargacha bo‘lgan jarayon bilan yaqindan tanishdi. 2009-yilda ochilgan zavod 8500 m² maydonni egallaydi va yiliga 7000 tagacha issiqlik almashuvchi yig‘indilarini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Vengriyadagi ishlab chiqarish maydonidan ko‘chirib olib kelingan uskunalar asosan alyuminiydan tayyorlanadigan va maxsus talablarga mos ravishda zanglamaydigan po‘latdan foydalanish imkoniyatiga ega yuqori sifatli mahsulotlarni ta’minlaydi. Issiqlik almashinuvchi qurilmalarning xizmat qilish muddati 30 yildan ortiq.

"MVM EGI" vakillari uchrashuv chog'ida quruq sovutish tizimlarini qurish jarayoni va ularni yuqori harorat sharoitida ishlatish xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Xitoy tomoni O‘zbekistonning iqlim sharoitlariga moslashtirilgan, issiqlik almashinuvchi qurilmalar yuzasini namlash tizimi bilan jihozlash orqali issiq mavsumda sovutish samaradorligini saqlab qolish imkonini beruvchi tizimni O'zbekiston tomonga taklif qildi.

Ishlab chiqarish maydoniga tashrif yakunlangach, Xitoyning yetakchi davlat kompaniyasi bo‘lgan, issiqlik, atom, shamol va gidroelektrostansiyalar uchun jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Harbin Electric Corporation" rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar energiya jihozlarini yetkazib berish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

22-aprelda boshlangan “O‘zatom” delegatsiyasining ishchi tashrifi atom energiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini amalga oshirishning asosiy jihatlarini muhokama qilishga qaratilgan. Muzokaralar va tanishuv tashriflari O‘zbekistonning ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va energiya sohasining barqaror rivojlanishini ta’minlashga intilishini ta’kidlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling