Valyuta kurslari 16/07/2025
$1 – 12778.12
UZS – 0,62%
€1 – 14931.23
UZS – 0,56%
₽1 – 164.01
UZS – 1,14%
Qidirish
Moliya 16/07/2025 Oʻzbekiston delegatsiyasi Malayziyaga islom moliyasi boʻyicha oʻquv tashrifini boshladi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Malayziyaga islom moliyasi boʻyicha oʻquv tashrifini boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 14-iyul kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining islom moliyasi, tartibga solish va ekotizimni rivojlantirish masalalariga oid o‘quv safari boshlandi. Mazkur tashrif Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida va Islomiy moliya sohasidagi xalqaro ta’lim markazi (INCEIF) hamkorligida tashkil etildi.

Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Adliya vazirligi vakillari o‘rin olgan.

Dastur islomiy moliyani rivojlantirishning asosiy jihatlarini qamrab oladi: huquqiy va tartibga solish bazasi, shariatga muvofiq boshqaruv, soliqqa tortish masalalari, ehtiyotkorlik nazorati, buxgalteriya hisobi standartlari hamda likvidlik vositalari.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling