Valyuta kurslari 09/06/2025
$1 – 12777.52
UZS – -0,42%
€1 – 14590.65
UZS – -0,11%
₽1 – 161.54
UZS – -1,35%
Qidirish
O‘zbekiston 07/06/2025 Nyu-Dehlida “Markaziy Osiyo – Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Nyu-Dehlida “Markaziy Osiyo – Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 5 iyun kuni Nyu-Dehli shahrida “Markaziy Osiyo – Hindiston” ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Hindiston rasmiylari va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Ushbu muhim tadbir mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashga qaratildi.

O‘zbekistondan Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova boshchiligidagi ayol tadbirkorlar delegatsiyasi forumda faol qatnashdi.

Tadbir doirasida N.Shotursunova O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, savdo imkoniyatlari va palataning vazifalari haqida taqdimot o‘tkazdi.

Forum ishbilarmonlar uchun nafaqat muloqot maydoni, balki amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va mintaqalararo savdo aloqalarini kengaytirish imkoniyatini yaratib beruvchi samarali platforma sifatida xizmat qildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazib, yangi biznes aloqalarni o‘rnatdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling