Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 1-dekabr kuni Nukusda (Qoraqalpog‘iston) rossiyalik jurnalist va bloger Aleksey Pivovarov hamda o‘zbekistonlik jurnalist Ferida Mahsetova qo‘lga olindi.
Qoraqalpog‘iston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hududiy boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki tekshiruvlar natijasida xorijiy jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan oldindan akkreditatsiya olmasdan kasbiy faoliyat olib borishgani aniqlangan.
Bu holat qonunchilikni buzish sifatida baholanmoqda.
Aleksey Pivovarov ushbu vaziyatga Telegram-kanalida izoh berdi:
"Ichki ishlar xodimlari bizni suhbatga taklif qilishdi. Suhbatda o‘zimiz va rejalarmiz haqida gapirib berdik. Xodimlar odobli va xushmuomala edilar. Hozir biz yo‘limizni davom ettirmoqdamiz."
Ma’lum qilinishicha, suratga olish guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston haqida olingan barcha materiallar musodara qilingan.
Jurnalistlar Toshkentga uchib ketishdi.