Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Texnologiyalar 06/03/2025 “NEC” korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan telekommunikatsiya yo‘nalishida istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

“NEC” korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan telekommunikatsiya yo‘nalishida istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona – 2025” Jahon mobil kongressi doirasida “NEC” korporatsiyasining vitse-prezidenti Takashi Sato bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “O‘zbektelekom” AK bilan hamkorlikda yangi tarmoqlarni kengaytirish va qo‘shimcha internet kanallarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va boshqa yapon moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar xususida fikr almashildi.

“NEC” – global texnologik kompaniya bo‘lib, telekommunikatsiya, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va IT-infratuzilma sohalarida yetakchi hisoblanadi. Kompaniya 1899-yilda Yaponiyada tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ilg‘or texnologik yechimlarni taklif etadi. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling