Nanning Jianning O‘zbekistonning suv ta’minoti va chiqindilarni qayta ishlash loyihalarida ishtirok etish niyatida
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan biri – Nanning Jianning Water Investment Group vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar davomida kompaniyaning suv ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etish rejalari, shuningdek, maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida oʻzaro hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida loyihalarni batafsil oʻrganish va rejalarni tuzatish boʻyicha qoʻshma ishlarni davom ettirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.